O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegara bo‘yicha delegatsiyalarining O‘sh uchrashuvi muvaffaqiyatli yakunlandi

O‘sh shahrida 19-mart kuni O‘zbekiston—Qirg‘iziston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining 10 kunlik muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muzokaralar doirasida O‘zbekistonning Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlar bilan Qirg‘izistonning Botken, Jalolobod va O‘sh viloyatlari tutashgan hududlardagi davlatlararo chegaraning eng qiyin uchastkalarida qo‘shma dala tekshiruvlari va geodeziyaviy hisoblash ishlari olib borildi.

“Muzokaralar yakuni bo‘yicha tegishli bayonot imzolandi. Uchrashuv ishchan muhitda va konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi”, — deyiladi TIV axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing