O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinga tabrik yo‘lladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mavzuga doir: Vladimir Putin: Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari strategik sherikchilik darajasiga chiqdi
O‘zbekiston Prezidentining qutlovida ta’kidlanganidek, “bugungi kunda Rossiya O‘zbekistonning yirik savdo va investitsiyaviy hamkori hisoblanadi. Neft-gaz kompleksi, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, to‘qimachilik, farmatsevtika va oziq-ovqat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha yirik loyihalar birgalikda amalga oshirilmoqda va yangi loyihalar tayyorlanmoqda. Ikki mamlakat hududlari o‘rtasida bevosita aloqalar rivojlanmoqda”.
Shavkat Mirziyoyev “Moskvada bo‘lib o‘tadigan uchrashuv O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlash va yanada rivojlantirishga xizmat qiladi”, deb ishonch bildirgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)