Tailand huquqni muhofaza qilish organlari mamlakat bosh vaziri general Prayut Chan-Ochaga nisbatan rejalashtirilgan suiqasd harakatining oldi olinganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Politsiya tomonidan sobiq bosh vazir Taksin Chinnavatni qo‘llab-quvvatlovchi harakat — Demokratiya uchun diktaturaga qarshi birlashgan front yetakchilaridan birining uyida qurol berkitilgan maxfiy joy topildi. Jami to‘qqiz nafar kishi qo‘lga olindi.
Maxfiy xonada bir necha miltiq va granata, shuningdek, patron zaxiralari saqlanayotgani aniqlandi. Uy sohibi bir necha yildan beri qochqinda ekani ma’lum bo‘ldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)