Nyu-Yorkda erkak hiyla bilan tez yordam haydovchisini mashinadan tushishga majbur qildi va transport vositasini egallab olib, shifokorni bosib ketdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tez yordam mashinasi haydovchisi avtomobilning orqa bamperiga bir erkak osilib olganini ko‘rib to‘xtadi. Haydovchi mashinadan tushib, vaziyatni ko‘zdan kechirish uchun borganda, Xose Gonsales avtomobilni boshqa tomonidan aylanib o‘tdi va rulga o‘tirdi.
U avtomobilni orqaga haydab, shifokorni bosib ketdi. Avtomobil urilganda 44 yoshli Yadira Arrayo feldsherlardan birining qo‘ng‘irog‘iga javob berayotgan edi.
Ko‘p farzandli ona, Nyu-York o‘t o‘chirish xizmatida 14 yil shifokor bo‘lib ishlagan ayol shu zahoti halok bo‘ldi.
Mahalliy ma’muriyat Xose Gonsalesga nisbatan qotillik, o‘g‘rilik va avtomobilni giyohvand modda ta’siri ostida boshqarish moddalari bo‘yicha ayblov e’lon qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)