Xitoyning Shandun provinsiyasida avtobusning odamlar to‘dasiga urilishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 19 kishi yaralandi. Bu haqda 14-mart, seshanba kuni “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa Sinchjou shahar okrugida yuz berdi. Avtobus yo‘l yoqasida joylashgan savdo do‘konchalari yaqinidagi odamlarga urilganligi ma’lum qilinmoqda.
Hodisa oqibatida 23 kishi jabrlandi, keyinroq ulardan to‘rt nafari halok bo‘ldi. Jabrlanganlardan besh nafarining ahvoli og‘ir ekanligi qayd etildi.
Avariya sabablari aniqlanmoqda. Hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)