Qozog‘istonning Olmaota shahrida mushuk va itlarning elektron ro‘yxatini tuzish rejalashtirilmoqda. Raqamli elektron baza jonzotlarning soni, ularning sog‘lig‘i hamda egalari haqida ma’lumotlarni ko‘rsatadi, deb xabar bermoqda Kazakhstan Today.
Xalqaro qoidalarga ko‘ra, har bir jonivor veterinar pasportiga ega bo‘lishi hamda muntazam ravishda quturish (1 yilda bir marta) va parazitlarga (har 3 oyda) qarshi emlanishi kerak. Mana shu talablarni kuzatish va hisobot yuritish uchun Olmaotada yagona baza yaratiladi. Hozircha elektron nazorat ostiga faqatgina uy hayvonlari tushadi. Mushuk va itlarga chip o‘rnatish jarayoni 1 oydan so‘ng boshlanadi.
Xabarda qayd etilishicha, Olmaotadagi 140 ming xonadonga qariyb 200 ming uy hayvoni to‘g‘ri keladi.
Chiplangan jonivorlar ushlanib, vaqtincha izolyatorga keltirilsa, egalar ularni boqish qoidalarini buzgani haqida ogohlantiriladi. O‘tgan yili Veterinariya markazi mutaxassislari 24 mingga yaqin itni ko‘chada ushlab oldi va atigi 2 mingtasi egalariga qaytarildi yoki yangi oilalarga berildi.“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Marxabat Madiyarov, Veterinariya markazi ishini monitoring qilish ishchi guruhi a’zosi
Izoh (0)