O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Namangan viloyatida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan islohotlar va aholi turmush tarzi bilan tanishmoqda, ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining parlament quyi palatasidagi fraksiyasi a’zolari Akmal Rahmonov, Shuhrat To‘xtaboyev va Nodirjon Muxtorovning Uychi tumanida aholi vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida hududdagi davlat boshqaruvi idoralari, korxona va tashkilotlar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati tahlil qilinib, tegishli mutasaddilar e’tibori mavjud muammolarga qaratildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, oilaviy tadbirkorlikni boshlash, bankdan imtiyozli kredit olish, issiqxona qurish, parranda boqish, limon va yong‘oq daraxtidan qo‘shimcha daromad ko‘rish istagida murojaat qilgan fuqarolarga zarur maslahatlar berildi, ko‘mak ko‘rsatildi.
Deputat Shuhrat To‘xtaboyev tomonidan Yorkatay qishlog‘idagi “Gumbaz”, “Churtuk”, “Fayziobod”, “Mirzaravot”, “Islomobod”, “Yorkatay” mahallalari aholisi bilan o‘tkazilgan muloqotlarda ham tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kredit olish va undan foydalanish tartibi, tomorqa xo‘jaligi va chorvachilikni rivojlantirish, bandlik, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq aholi murojaatlarining o‘z joyida yechim topishiga amaliy yordam berildi.
Yangi uyga ko‘chgan ikki o‘g‘limni yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish masalasi hal bo‘lmay kelayotgan edi. Deputatning ko‘magi bilan ushbu muammo muloqot bo‘lib o‘tgan kunning o‘zida hal bo‘ldi. Shunday xalqchil siyosat olib borayotgan Prezidentimizdan behad minnatdormiz.Deputat Nodirjon Muxtorov tumanda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va darajasi, sog‘liqni saqlash muassasalaridagi holat va dorixonalarda O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini o‘rgandi.R.Po‘latov, “Churtuk” mahallasi fuqarosi
Jumladan, “G‘ayrat”, “Birlashgan”, “Xizirobod”, “Qizil-ravot” qishloq vrachlik punktlari, “G‘ayrat”, “Birlashgan”, “Qizil-ravot” tez tibbiy yordam xizmatlari, “Javohir-Ziyorbek-shifofarm”ga qarashli 1-dorixona, “Uychi dori-darmon” korxonasiga tegishli dorixonalar faoliyati bilan tanishdi. Tibbiyot muassasalarini o‘rganish yakunlari bo‘yicha tuman hokimligi, tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)