Yekaterinburglik model Mariya Sazonova Bahraynda yo‘qolib qoldi, qiz yaqinlari bilan bir haftadan beri aloqaga chiqmadi. Bu haqda “TASS”ga uning onasi Irina Sazonova ma’lum qildi.
Rossiyaning Sverdlovsk viloyati politsiyasi matbuot xizmati rahbari Valeriy Gorelix Irina Sazonova qizi yo‘qolgani haqida huquq-tartibot idoralariga 8-mart kuni ariza berganligini bildirdi.
“Onaning aytishicha, qizi barmen bo‘lib ishlash uchun Bahraynga uchib ketgan. Biroq 4-martdan beri aloqaga chiqmagan”, — deya ta’kidladi matbuot xizmati rahbari.
Yekaterinburg politsiyasi Bahrayn huquq-tartibot idoralari bilan aloqa o‘rnatish va model yo‘qolganligi haqidagi ma’lumotlarni tekshirish uchun Interpol bilan bog‘lanmoqda.
Izoh (0)