Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi dengizdagi nishonlar uchun mo‘ljallangan yangi — Hormuz-2 ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda korpus qo‘mondoni Amir Ali Hojizoda ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, Hormuz-2 raketasi dengizda belgilangan marrani 250 kilometr masofadan aniq nishonga olgan.
Ushbu qurol 300 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarga ham zarba bera oladi.
Mazkur ballistik raketa Tehron tomonidan yaratilgan ishlanma hisoblanadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)