Har yili dunyoda ko‘plab jonivorlar avtomobil yo‘llarini kesib o‘tayotgan vaqtda transport vositalarining urib ketishi oqibatida nobud bo‘ladi. Dunyo mamlakatlarida fauna olamini bunday halokatlardan saqlash uchun turli choralar ko‘riladi. TravelAsk nashri hayvonlar uchun mo‘ljallangan eng yaxshi ko‘priklar fotojamlanmasini taqdim etdi.
Rojdestvo orolidagi qisqichbaqalar ko‘prigi, Avstraliya
Foto: TravelAskKo‘payish mavsumida qisqichbaqalar o‘rmondan okean qirg‘og‘iga ko‘chadi. Bu vaqtda oroldagi bir qator yo‘llarda transport qatnovi to‘xtatiladi.
Belgiyadagi g‘aroyib yovvoyi tabiat chorrahasi
Foto: TravelAsk
Yaponiyadagi toshbaqalar tunneli
Foto: TravelAskThe West Japan Railway Company kompaniyasi tomonidan temir yo‘l relslari ostida qurilgan tunnel toshbaqalarga temir yo‘lni xavfsiz kesib o‘tish imkonini beradi.
Yangi Zelandiyadagi moviy pingvinlar uchun qurilgan “yerosti o‘tish yo‘li”
Foto: TravelAskOamaru shahridagi yerosti o‘tish yo‘li inidan okeanga borayotgan pingvinlar xavfsizligini ta’minlash uchun qurilgan.
Banf milliy bog‘idagi eko-ko‘prik, Kanada
Foto: TravelAskBog‘ mamuriyati tomonidan hayvonlar uchun qurilgan olti ko‘prikning biri.
Germaniyadagi avtomobil yo‘li ustida qurilgan yashil ko‘prik
Foto: TravelAsk
Viktoriyadagi trassa ustida qurilgan arqonli ko‘prik
Izoh (0)