O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2017-yil 23-fevraldagi maxsus buyrug‘i bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri nomi o‘zgartirildi, deb xabar beradi “KRuz.uz”.

Foto: “Qoraqalpog‘iston yangiliklari”

Foto: “KRuz.uz”

90 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan mazkur teatrga  Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik teatr maqomi berildi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu teatr 1926-yilning 8-noyabrida Qasim Avezovning “Tilek jolinda” nomli kartinali tarixiy dramasi bilan ochilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!