O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2017-yil 23-fevraldagi maxsus buyrug‘i bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri nomi o‘zgartirildi, deb xabar beradi “KRuz.uz”.
90 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan mazkur teatrga Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik teatr maqomi berildi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu teatr 1926-yilning 8-noyabrida Qasim Avezovning “Tilek jolinda” nomli kartinali tarixiy dramasi bilan ochilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)