Ranyeridan keyin ketma-ket ikki o‘yinda zafar quchgan “Lester”, Ibrahimovichdan omad ketgan kun, “Arsenal”dan mag‘lubiyat
Angliya Premyer-ligasining 27-turidan joy olgan 7 ta uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.
“Manchester Yunayted” futbolchilari o‘z maydonida “Bornmut”ni mag‘lub etib, va nihoyat 5-o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin edi. Biroq Mourinyo jamoasi “Old Trafford”da o‘rtamiyona klubni 45 daqiqa bir kishi ko‘proq o‘ynab turib ham mag‘lub eta olmadi. Qo‘shimchasiga, Zlatan Ibrahimovich penaltidan aniq foydalana olmadi.
Turning markaziy o‘yini uchun “Enfild” stadioniga tashrif buyurgan “Arsenal” mezbon “Liverpul”ga imkoniyatni boy berdi — 1:3. Tomonlarning Londonda bo‘lib o‘tgan o‘yinida ham Yurgen Klopp shogirdlarining qo‘li baland kelgandi.
Klaudio Ranyerini kutilmaganda iste’foga chiqarib yuborgan “Lester” ketma-ket ikkinchi o‘yinda zafar quchdi. Ko‘rinishidan futbolchilar italiyalik mutaxassisning ketishini kutib turgandek.
Izoh (0)