Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay amirligida 2018-yilda o‘z changalzorlariga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi mehmonxona quriladi. Bu haqda “Eto jizn” nashri xabar berdi.
Shuningdek, u yerda sun’iy plyaj, hashamatli manzarali va shaffof tubli basseyn hamda suv zarrachalarini sochib turuvchi daraxtlar ham bo‘ladi.
ZAS Architects kompaniyasining Rosement Hotel & Residences deb nomlanuvchi loyihasi ikkita 47 qavatli osmono‘par bino majmuasidan iborat bo‘ladi. Mehmonxona qurilishiga qariyb 300 million dollar sarflanadi.
Bundan tashqari, mehmonxonada SPA, sport-sog‘lomlashtirish klubi, biznes-uchrashuvlar uchun xonalar, hashamatli restoran, elita kinoteatri, bouling-klub, tomosha balkoni, batutli bog‘ va boshqalar joylashadi.
Izoh (0)