Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Choyshablar juda ehtiyotkorlikni talab qiladi. Bizning maslahatlarimiz sizga ulardan foydalanishda paydo bo‘ladigan muammolarni hal etishda yordam beradi.

Foto: “Layfxaker.ru”

Foto: “Layfxaker.ru”

Choyshablar toymasligi uchun yopishqoq tasmalardan foydalaning

Choyshabni to‘shakka qadab qo‘yiladigan to‘g‘nog‘ichlarning ba’zan ochilib ketishi uxlashga xalal berishi yoki materialni buzishi mumkin. Bu borada yopishqoq tasmalardan foydalanish eng yaxshi usul hisoblanadi.

Ko‘rpani mahkamlab qo‘ying

Agar ko‘rpangiz jildning ichida yig‘ilib qolayotgan bo‘lsa uni jild ichiga kattaroq tugmalar bilan mahkamlab qo‘ying.

Satin choyshablar sog‘liq uchun foydali

Paxta gazlamalar birmuncha qulay material hisoblanadi. Uning yana bir turi — satin — sog‘liq uchun foydaliroq. Bunday choyshablarda odam uncha terlamaydi, gazlama yuzasida esa deyarli kir to‘planmaydi.

Choyshablarni yuvishda teskarisini ag‘daring

Bu usul choyshab gullarining yorqinligini himoya qilishga va uzoq vaqtgacha uning yangi holatini saqlab qolishga yordam beradi.

Choyshablarni yostiq jildi ichida saqlang

Foto: “Layfxaker.ru”

Foto: “Layfxaker.ru”

Yostiq jildi choyshablar uchun cho‘ntak vazifasini bajaradi, bu choyshablarni ixcham va qulay qilib joylashtirishga yordam beradi.

Choyshablarni konditsionerli yuvish vositasi yordamida yuving

Konditsionerli yuvish vositasi choyshablarni yumshatadi va aynan u xushbo‘y hid beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)