Toshkent shahar Yunusobod tumanida noma’lum shaxslar 1974-yilda tug‘ilgan uy bekasining uyiga bostirib kirdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Matbuot xizmati.
Bosqinchilar uy bekasining qo‘l-oyoqlarini skotch bilan bog‘lab, unga tan jarohati yetkazib, xonadondan 6 700 dollarni olib, voqea joyidan yashiringan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hamkorlikda olib borgan tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni uch nafar muqaddam sudlangan shaxs amalga oshirgani aniqlandi.
Xususan, ulardan biri Toshkentning Yunusobod tumanida yashovchi 23 yoshli, qolganlari Uchtepa tumanida yashovchi 26 va 28 yoshli shaxslar ekanligi fosh etilib, qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)