• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “Biz cho‘chqalar va daydi itlardek yashashni xohlamaymiz!”. Inqirozga yuz tutayotgan Titikaka ko‘li

    Janubiy Amerikadagi eng yirik ko‘llardan biri Titikaka xavf ostida. Shaharlardan chiqayotgan chiqindilar va qirg‘oq bo‘yida ishlab chiqarishnning rivojlanishi tufayli ko‘l suvi yuqori darajada ifloslangan.

    Bu holat nafaqat ekotizimda o‘z aksini topmoqda, balki katta iqtisodiy yo‘qotishni ham keltirib chiqarmoqda. Mahalliy aholi suvdan xo‘jalik faoliyatida foydalana olmayapti, sayyohlar oqimi yil sayin qisqarib bormoqda.

    “Kommersant” YuNESKO muhofazasidagi ko‘lning bugungi holatini aks ettiruvchi fotojamlanmani taqdim etdi.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    Titikaka dengiz sathidan 3800 metr balandlikda joylashgan. Bu dunyodagi kema suzadigan eng katta ko‘l hisoblanadi. Ko‘l bo‘yida Boliviya va Peruning 1,3 million aholisi yashaydi.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    Hozirda ko‘l ekotizimi xavf ostida. Birinchidan, ko‘l bo‘yida joylashgan shaharlar kengayib bormoqda. Xususan, Boliviyaning kattaligi jihatdan uchinchi o‘rinda turadgan El-Alto shahri aholisi soni so‘nggi 15 yilda ikki baravar o‘sdi. Buning natijasida kommunal xizmat qurilmalari talabga javob bermayapti va chiqindilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘lga tushmoqda.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    Titikaka bo‘yida yashovchi hindu qabilalari xo‘jalikda qamishdan keng foydalanadi. Qamish kema va binolar qurishda, uy hayvonlarini oziqlantirishda ishlatiladi.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    Oilalar kartoshka va ko‘ldan ovlangan baliqdan ovqat tayyorlaydi.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    Associated Press agentligining hisob-kitobiga ko‘ra, ko‘l bo‘yida joylashgan Peruning Xulyaka shahri bir kunda 200 tonna chiqindi chiqaradi. Ko‘lga ishlatilgan ignalar va shpritslar, plastik butilkalar, avtomobil shinalari va boshqa chiqindilar oqib keladi.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    Perulik tadqiqotchilar 2014-yilda ko‘lda merkuriy, kadmiy, rux va mis kabi kimyoviy moddalar borligini aniqladi. Bu moddalarning ko‘l suvi va mahalliy aholi tomonidan iste’mol qilinadigan baliqlar tarkibidagi miqdori me’yordagidan ancha ortib ketgan.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    Ko‘lning ifloslanishi suv yuzasida suv o‘tlarining ko‘payishiga olib kelmoqda. Bu esa ekotizimning buzilishiga va bir qancha baliq turlarining yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    2014-yilgi tadqiqotdan so‘ng hukumat baliq oviga cheklov o‘rnatdi. Biroq mahalliy qishloqlar aholisining so‘zlariga ko‘ra, ular bu haqda ogohlantirilmagan.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    Yuz yillar davomida ko‘l aymira va kechua qabilalari uchun hayot manbai bo‘lib kelgan. Suvning ifloslanishi tufayli qishloqlarda bolalar tez-tez kasallanmoqda.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”
    Mening ajdodlarim bu yerda 500 yildan buyon yashab kelgan, biroq ular hech qachon bunday muammoga duch kelmagan.Mariya Aliva, sohil bo‘yidagi qishloqda yashovchi ayol

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    Avval mahalliy aholi ko‘l suvidan kundalik ehtiyoj va ovqat tayyorlash uchun foydalangan. Biroq hozir ular yomg‘ir suvini to‘plashga yoki ko‘lning o‘rtasiga suzib borib chuqurlikdan suv to‘plashga majbur.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    Ko‘l YuNESKO muhofazasiga olingan. Suv havzasining ekotizimi baliq va qushlarning 60 ga yaqin turini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari ko‘l bo‘yida hindu qabilalarining an’analari saqlanib qolgan. Bu esa ko‘lni Peru va Boliviyadagi eng asosiy ko‘zga ko‘ringan joylardan biriga aylantirgan.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    Har yili ko‘l qirg‘oqlariga Perudan 400 ming, Boliviyadan esa 350 ming sayyoh tashrif buyuradi. Biroq so‘nggi yillarda sayyohlar soni kamayib borayotgani kuzatilmoqda. Ikki mamlakatning mahalliy aholisi va ma’muriyati buni aynan ko‘lning ifloslanishi bilan bog‘lamoqda.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    2016-yilda Peru va Boliviya hukumati kelishuv imzoladi. Unga ko‘ra, ko‘l suvini tozalash va bioxilmaxillikni saqlash uchun qariyb 500 million dollar sarflash rejalashtirilgan.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    2017-yil boshida Peruning yangi prezidenti Pedro Pablo Kuchinski ko‘l bo‘yida 10 ta tozalash inshooti qurilishini ma’lum qildi. Prezidentning hisob-kitobiga ko‘ra, buning uchun 437 million dollar talab qilinadi.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”
    Biz cho‘chqalar va daydi itlar kabi yashashni xohlamaymiz. Biroq hozir aynan shunday yashashimizga to‘g‘ri kelmoqda.

    Mahalliy aholi vakillari

    “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

    04.03.2017, 23:07   Izoh (0)   22798
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni rasman bekor qildi

    Dunyo | 1 iyul, 10:14

    Lukashenko aholini “hokimiyat uchun duo qilish”ga chaqirdi

    Dunyo | 1 iyul, 09:55

    So‘nggi “O‘rgimchak odam” rejissyori Reddit’dagi birgina post sabab mashhur sahnani o‘zgartirgani haqida so‘zlab berdi

    Kino | 1 iyul, 09:45

    Namanganda qalbaki valyuta sotuvchilar qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 09:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Inter”ni musobaqadan chiqarib yubordi (video)

    Sport | 1 iyul, 09:29

    “Kalmar o‘yini” muallifi serialning finali va davom etish ehtimoli haqida o‘z fikrini bildirdi

    Kino | 1 iyul, 09:28

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” “Al-Hilol”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi (video)

    Sport | 1 iyul, 09:04

    Isroil G‘azodagi kafega aviazarba berdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 1 iyul, 08:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.