Braziliya prezidenti Mishel Temer davlat rahbarining rasmiy qarorgohi — Alvorada saroyida yashashdan voz kechdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Temer oilasi bilan birga vitse-prezidentlik paytida istiqomat qilgan Jaburu saroyiga qaytdi.
Globo nashriga ko‘ra, Temer Alvorada saroyini “juda katta” va “uy tafti sezilmaydigan” joy deb hisoblamoqda. U rasmiy qarorgohda atigi 12 kun bo‘ldi, xolos.
Alvorada saroyi ham Jaburu kabi braziliyalik mashhur me’mor Oskar Nimeyer loyihasi bo‘yicha qurilgan. Paranoa suv omboridagi 3 qavatli bino 1958-yilda bitkazilgan bo‘lib, umumiy maydoni 7 ming kvadrat kilometrdan iborat. Saroyda prezident oilasi va mehmonlarga 70 kishi xizmat ko‘rsatadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!