Igor Kriushenko futbol bo‘yicha Belarus terma jamoasiga bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deb yozdi “Championat.asia” Belarus nashrlariga tayanib.
Kriushenko o‘z vaqtida G‘uzorning “Sho‘rtan” klubida ham ishlagan va jamoani 2011—1012-yillar davomida shug‘ullantirgan. Keyinroq esa Belarusning yetakchi klubi “Torpedo BelAZ” safiga o‘tib ketgan.
53 yoshli mutaxassisning “Sho‘rtan” bilan iliq xayrlashmagani borasida taxminlar bor. Biroq bu masala keyinchalik ochiq qoldirildi va Kriushenko ishdan bo‘shatildi.
Ma’lumot uchun, Belarus terma jamoasi JCh—2018 saralashida Fransiya, Gollandiya, Shvetsiya, Bolgariya hamda Lyuksemburg bilan bir guruhdan joy olgan. Jamoa safarda Gollandiyadan 1:4 va Bolgariyadan 0:1 hisobida yengilgan. O‘z maydonida esa Fransiya bilan 0:0 va Lyuksemburg bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan. Shu tariqa 2 ochko bilan guruhda 5-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)