Qashqadaryo viloyati hokimligida 28-fevral kuni xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari ishtirokida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Senat axborot xizmati.
Xabar berishlaricha, 2016-yilda Qashqadaryoda 715 mingga yaqin oila, shuningdek, 160 mingdan ziyod yosh oila o‘rganib chiqilgan.
Aholi bilan muloqot jarayonida oilaviy va boshqa muammolarga ega qariyb 30 ming oila aniqlanib, ularning muammolari komissiyalar va fuqarolar yig‘inlari Kengashlari majlislarida muhokama etilgan.
Natijada 325 ta oilaviy mojaro, 203 ta erta nikoh qurish holatining oldi olinib, salkam 16 ming oilaga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)