Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov 28-fevral kuni Janubiy Koreya elchisi Kvon Yon Uni qabul qildi. Bu haqda palata axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat parlament a’zolarining davlatlararo hamkorlikni rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shayotganligi ta’kidlandi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil ikki mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarda o‘zgacha va muhim yildir. Jumladan, shu yil O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 25 yil to‘ladi. Shuningdek, koreys xalqi vakillarining O‘zbekistonda istiqomat qilayotganining 80 yilligi ham keng nishonlanadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)