Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Amerikalik milliarder Uorren Baffet o‘zining Berkshire Hathaway kompaniyasi xodimlariga garov o‘ynashni taklif qildi: talabalar o‘rtasida basketbol bo‘yicha o‘tkaziladigan March Madness musobaqasining final bosqichiga chiqadigan 16 ta jamoaning barchasini topgan kishiga u butun umr har yili bir million dollardan berib turadi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Foto: Globallookpress

Foto: Globallookpress

Milliarder bunday tanlovni birinchi marta 2014-yilda o‘tkazgan, o‘shanda u garov g‘olibiga 1 milliard dollar va’da qilgandi. Ammo hech kim to‘g‘ri javobni topa olmagan.

O‘tgan yili garovda 85 ming xodim qatnashib, birortasi ham to‘g‘ri topa olmadi. Baffet ideal natijaga eng yaqin kelgan ikki xodimga 50 ming dollardan to‘ladi. 2017-yilda esa da’vogarlar soni 100 mingdan oshishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak