Niger “Boko Haram” terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashda Rossiyadan yordam berishni so‘ramoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Men Rossiyaga bizga ‘Boko Haram’ga qarshi kurashda ko‘mak berishini so‘rab murojaat qildim”, — dedi Niger tashqi ishlar vaziri Ibrohim Yakubu.
“Afrika davlatlarining o‘zi ishlab chiqqan qarashlarni ham e’tiborga olganda, bu yerda xalqaro hamjamiyat uchun ish juda ko‘p. Biz bunday qarashlarni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.
Muzokaralar vaqtida vazirlar Liviyadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha harakatlarga ko‘mak berish, u yerda milliy yakdillik va yarashuvga erishish hamda davlatchilikni qayta tiklash zaruriyatini ham muhokama qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)