AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining rasmiy Moskva bilan aloqalari borasida gap tarqalgan bir vaqtda Rossiyaga telefon qilmaganiga 10 yil bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Fox News telekanalida Amerika yetakchisi bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani so‘ngida prezidentga AQSh ma’muriyatida Rossiya bo‘yicha maxsus prokuror lavozimining joriy etilishini qo‘llash-qo‘llamasligi bilan bog‘liq savol berildi.
“Men Rossiyaga 10 yildan beri qo‘ng‘iroq qilmayman”, — dedi Tramp savolga aniq javob bermay.
Avvalroq amerikaliklarning 53 foizi Trampning Rossiya bilan aloqalarini tekshirish kerak deb hisoblayotgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)