20-fevraldan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Umra—2017” mavsumi doirasidagi reyslarni amalga oshira boshladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Kichik haj”ni amalga oshirishni istagan o‘zbekistonlik ziyoratchilar Boeing-767 samolyotlarida Saudiya Arabistonining Jidda shahriga olib borilmoqda.
Joriy yilda dastur doirasida Toshkent — Jidda — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha jami 30 reys amalga oshirish, ziyoratga 5500 yo‘lovchini olib borish mo‘ljallangan.
11-aprelga qadar davom etuvchi “Umra—2017” mavsumiga milliy aviakompaniyaning malakali mutaxassislari jalb etilgan.
Samolyot taomnomasiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, u halol go‘sht mahsulotlari, quruq mevalar, salat va shirinliklardan iborat. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)