Bog‘dorchilik ko‘pchilikning sevimli xobbisi. Kimdir uyida limon yetishtiradi, kimdir kaktus yoki gullar o‘stiradi, bu uyda esa haqiqiy daraxt o‘sadi. Bu g‘oya qozog‘istonlik Oybek Olmosovga tegishli. U o‘rmonda o‘sib turgan qoraqarag‘ay atrofida qurilgan shisha bino loyihasini yaratdi.
AdMe ushbu ajoyib bino suratlarini taqdim etdi.
“Uydagi daraxt” — bu noyob loyiha tabiat bilan uyg‘unlikni his etishga yordam beradi.
Bunday bino albatta o‘rmonda joylashadi.
Uyda oshxona, mehmonxona va hojatxona bor.
12 metrlik binoning yuqori qavatlariga oq aylanma zina yordamida ko‘tarilish mumkin.
Kechki payt jimjitlikda kitob o‘qish mumkin.
Bunday uy ko‘pchilik uchun havosi og‘ir beton qutilardan chiqish va tabiat bilan haqiqiy birlikni his qilish uchun ajoyib imkoniyat.
Izoh (0)