Eron harbiy dengiz kuchlari Hind okeanining shimoliy qismida keng qamrovli “Viloyat-95” nomli harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi. Bu haqda Eronning Tasnim agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mashg‘ulotlar 26-fevral kuni Eron harbiy dengiz kuchlari qo‘mondoni, kontr-admiral Habibulla Sayyoriy buyrug‘i bilan boshlandi. Xabar qilinishicha, mashqlar taxminan 2 million kvadrat kilometr hududda bajarilmoqda.
“Viloyat-95” taktik manyovrlar, razvedka operatsiyalari, raketa va torpedani uchirish hamda qutqaruv operatsiyalarini amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Mudofaa operatsiyalari doirasidagi mashg‘ulotlar vaqtida Eronda ishlab chiqarilgan suvosti kemasi va vertolyotlardan foydalaniladi. Eron harbiy dengiz kuchlari qo‘mondonligi jangovar texnikalar sonini oshkor qilmadi.
Izoh (0)