Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pelening o‘g‘li Edinyo giyohvand moddalar savdosidan pul yuvgani uchun 12 yil va 10 oyga qamaldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Ish ko‘rib chiqilayotgan vaqtda ayblanuvchi ozodlikda bo‘lib turgandi. Ayblov e’lon qilinganidan keyin Edinyo jazo muddatini o‘tash uchun politsiyaga taslim bo‘ldi. Santos shahridagi politsiya mahkamasiga kelgan Edinyo aybining zarracha isboti yo‘q ekanini ma’lum qildi.
Men alamzadaman, chunki sud tizimi meni jazoladi. Men hech qachon pul yuvishda aybdor bo‘lmaganman.Ma’lumot o‘rnida, Edinyo (asl ismi Edson Sholbi Nasimentu) “Santos” va Braziliyaning boshqa klublarida to‘p surgan. U professional faoliyatini 1999-yili yakunladi va murabbiylik bilan shug‘ullandi.Edinyo, sobiq futbolchi
2014-yili pul yuvishda gumonlangan Pelening o‘g‘liga 33 yillik qamoq jazosi belgilangandi. Apellyatsiyadan so‘ng esa Edinyoga qariyb 13 yillik qamoq jazosi belgilandi.
Sobiq futbolchi giyohvand moddalar iste’mol qilganini tan oldi, ammo unga bo‘lgan tobelikdan qutulganini ta’kidladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)