Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Margaret Tetcherga qarashli Londonning Chelsi tumanida joylashgan kvartira 1,2 million funt sterlingga sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Business Insider nashri ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
The Telegraph’ning aniqlik kiritishicha, ushbu apartamentlarda Tetcher va uning turmush o‘rtog‘i Denis 1950-yillarda yashagan. O‘shanda sobiq bosh vazir advokat bo‘lib ishlagan va ayni o‘sha davrda siyosiy karyerasini davom ettirishga qaror qilgan.
Business Insider’ning ma’lum qilishicha, kvartira qizil g‘ishtli binoning oltinchi qavatida joylashgan. Uning to‘rtta xonasi bo‘lib, ulardan ikkitasi yotoqxonadir.
Strutt & Parker ko‘chmas mulk agentligining ta’kidlashicha, kvartirani uzoq muddatga, ya’ni 24 yilga ijaraga olish ham mumkin. Biroq ularning ma’lum qilishicha, apartamentlar kapital ta’mirga muhtoj.
Izoh (0)