Nyu-Yorkda noma’lum shaxslar Ozodlik haykaliga “Qochoqlar, xush kelibsiz” yozuvi tushirilgan plakatni ilib ketdi. Bu haqda NBC New York xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Plakat olib tashlangunga qadar haykal supachasida bir soatga yaqin ilinib turdi. Nashrning ta’kidlashicha, milliy haykallarga har qanday plakatlarni ilish qonun bilan taqiqlangan.
Politsiya uzunligi olti metrdan ortiq bannerni mashhur haykal supasi cho‘qqisiga kim ilib ketgan bo‘lishi mumkinligini surishtirmoqda.
Ta’kidlash joizki, hodisa Ichki xavfsizlik vazirligi immigratsiya sohasidagi choralarni kengaytirish haqida e’lon qilgan kunda sodir bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Alt Statue of Liberty akkaunitini boshqaruvchi noma’lum shaxs hodisa uchun javobgarlikni zimmasiga oldi.
Uning so‘zlariga qaraganda, bu rasmiy guruh emas, shunchaki o‘zlari ishonadigan Amerika haqida biror narsa aytish zaruratini his qilgan oddiy fuqarolardir. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)