Britaniyaning Sotheby’s kimoshdi savdo uyi afsonaviy amerikalik bokschi Mayk Taysonga tegishli bo‘lgan Ferrari F50 avtomobilini sotuvga qo‘yadi.
Kimoshdi savdosi shu yilning 11-mart kuni Florida shtatidagi Amiliya orolida bo‘lib o‘tadi. 1995-yilda ishlab chiqarilgan mashina atigi 8,5 ming kilometr masofani bosib o‘tgan, holati a’lo. Avtomobil 2,2–2,4 million dollarga baholanmoqda. Ferrari F50 modeli 520 ot kuchiga teng 12 silindrli V12 va hajmi 4,7 litr bo‘lgan dvigatel bilan jihozlangan.
Ferrari F50 soatiga 100 kilometrgacha tezlikni atigi 3,6 soniyada oladi. F50 modeli atigi 349 nusxada chiqqan, shulardan 50 tasi AQSh bozori uchun mo‘ljallangan.
Hujjatlarga ko‘ra, Tayson mashinani 1995-yili kaliforniyalik diler Neyder Amirvanddan sotib olgan. Bir necha yil o‘tib esa bokschi Ferrari’ni sietllik IT-tadbirkor Kevin Markusga sotib yuborgan. 2010-yili avtomobilning bir necha qismi ta’mirlangan va buning uchun 36 ming dollar sarflangan.“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)