Davlat raqobat qo‘mitasi raisi Davron Hidoyatov Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Axmet Bashar Shen bilan uchrashdi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda tomonlar xususiylashtirish, monopoliyaga qarshi tartibga solish va qo‘mita faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilish istiqbollarini muhokama qildi.
O‘zbekistonning Xususiylashtirish dasturiga chet ellik investorlarni jalb etishning ahamiyati va muhimligidan kelib chiqib, Turkiya ishbilarmonlar doirasini ushbu dasturlarga keng jalb etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Tomonlar raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tashkil etilayotgan biznes forumlarda ishtirok etish to‘g‘risida kelishib oldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)