Pauerlifting va og‘ir atletika bo‘yicha Uzoq Sharq chempioni Ivan Savkin 288 tonnali elektrovozni joyidan qo‘zg‘atdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Ob-havo pand berib qo‘ydi. Ikkinchi urinishdangina elektrovozni 1,1 metrga siljita oldim. Elektrovoz qismlariga surtilgan va sovuqda muzlaydigan moy qiyinchilik tug‘dirdi.Mazkur aksiya Shkotovskiy tumani Smolyaninovo qishlog‘idagi temiryo‘l deposida bo‘lib o‘tdi. Sportchi qayd etgan natijasi yozib olingan videoni Ginnesning rekordlari kitobi vakillariga yubordi.Ivan Savkin, og‘ir atlet
Avvalgi rekord vologdalik botir Denis Nagibinga tegishli bo‘lgandi. U 2016-yilning avgust oyida 192 tonnalik poyezdni joyidan qo‘zg‘ata olgandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)