Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Respublika prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi idoralarning qo‘shma farmoyishiga muvofiq joriy yil yanvarda “Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlarni moddiy jihatdan ta’minlash oyligi” o‘tkazildi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.
Tadbir davomida 2541 ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlardan jami 390 million so‘mdan ortiq aliment undirib berildi.
Bundan tashqari, 300 nafar qarzdorning respublika hududidan vaqtincha chiqish huquqi cheklanib, 254 kishiga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.
Sud ijrochilari tomonidan 15 nafar qarzdorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish bo‘yicha taqdimnoma kiritilib, 12 nafariga shunday chora qo‘llandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)