Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanidagi 9-bolalar musiqa va san’at maktabida “Ijodkorlar – inson qalbining muhandislari” mavzusida adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tadbirda taniqli adiblar A.Suyun, A.Ko‘chimov, S.O‘nar, adabiyotshunos olim Q.Yo‘ldoshev va boshqalar yosh avlod kamolotida kitobning o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Tadbirda bugungi adabiy jarayon, yaratilayotgan asarlar bo‘yicha o‘qituvchi va o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
Shuningdek, Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limining joriy yil mart oyida tumanda “Bir farzandga uch kitob” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi tashabbusi tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Unga ko‘ra, har bir ota-ona maktabda o‘qiydigan farzandi uchun uchtadan kitob sovg‘a qiladigan bo‘ldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)