KXDR bilan muloqotning shoshilinch boshlanishi mamlakat yadroviy qurolsizlanishi masalasida pand berishi mumkin. Bu haqda Janubiy Koreya birlashish vaziri Xon Yon Pxe ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Shimoliy Koreya yadroviy qurolsizlanish masalasini muhokama etishdan bosh tortayotgan bir paytda muloqotning tezda tiklanishi uning yadroviy davlat maqomiga da’vo qilishi oqlanishiga xizmat qilishi mumkin. Shu bilan birga, Koreya yarim orolida yuzaga kelgan tanglikni bartaraf etish uchun Shimol bilan muloqotning zarurligini ham inkor etib bo‘lmaydi.Xon Yon Pxega ko‘ra, “Pxenyan tomonidan yadroviy tahdid Koreya yarim orolida tinchlik va xavfsizlik uchun eng katta to‘siq bo‘lib turibdi”. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Xon Yon Pxe, Janubiy Koreya birlashish vaziri
Izoh (0)