Afg‘oniston sharqidagi Lag‘mon viloyatida 19-fevral kechasi yuz bergan portlash oqibatida o‘n nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Mahalliy rasmiylarning ma’lum qilishicha, noma’lum shaxslar ikkita qo‘l granatasini turar-joyga uloqtirgan. Halok bo‘lgan o‘n kishining barchasi bir oila vakillari bo‘lib, ular orasida ayollar va bolalar ham bo‘lgan.
Hujum sabablari noma’lumligicha qolmoqda. U uchun javobgarlikni shu paytga qadar hech kim zimmasiga olmagan. Politsiya hodisa yuzasidan surishtiruvni boshladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)