Xitoyning Xenan provinsiyasi vokzalida birinchi robot-patrul ish boshladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Robot Chjenchjou shahri tezyurar poyezdlarini kutish zalida navbatchilik qiladi.
Ma’lum qilinishicha, robot qo‘riqchilik, yo‘lovchilar ko‘rinishini aniqlash va xotiraga saqlab qolish funksiyalarini bajara oladi. U, shuningdek, yo‘lovchilar savollariga javob berishi, harorat darajasini aniqlashi va yong‘in haqida ogohlantirishi mumkin.
Birinchi hafta robot uchun sinov muddati bo‘lib, shundan so‘ng u doimiy kechki navbatchilikka o‘tkaziladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)