Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavush o‘g‘li AQShning maxsus ko‘rsatmalar bo‘yicha quruqlikdagi qo‘shinlarini Suriyaga joylashtirishga doir Turkiya taklifi haqida fikr bildirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Ikki kun avval AQSh Harbiy kuchlar Bosh shtabi rahbari general Jozef Danford Turkiyaga tashrif buyurdi. Biz Amerika tomoniga mahalliy mo‘tadil kayfiyatli muxolifat kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Suriyaga maxsus ko‘rsatmalar bo‘yicha harbiylar kontingentini jo‘natishini taklif qildik”, — dedi Mavlud Chavush o‘g‘li.
Vazir, shuningdek, “Frot qalqoni” operatsiyasi “Suriya kuchlariga quruqlikda katta yordam berayotgan Turkiya maxsus ko‘rsatmalar bo‘yicha harbiylarining mahalliy birlashmalar bilan hamkorligi” konsepsiyasi sifatida samara berayotganligiga e’tibor qaratdi.
“Rakkaga ittifoqdagi hamkorlarimiz, AQSh bilan birga borish mumkin. Biz ular uchun o‘zimizning Injirlik aviabazamizni ochib qo‘ydik”, — dedi TIV rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning “Frot qalqoni” nomli operatsiyasi 24-avgust kuni boshlangan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)