Ekvadorda 19-fevral kuni prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi, deb yozadi “TASS”.
Janubiy Amerikadagi mamlakat fuqarolari davlat rahbari, vitse-prezident, Milliy assambleya (parlament)ning 137 nafar a’zosi va respublikaning And parlamentidagi vakillari hisoblanuvchi besh nafar deputat uchun ovoz beradi.
Ekvadorda prezidentlik lavozimiga sakkiz kishi nomzodlik qilmoqda. Mamlakatning amaldagi rahbari Rafael Korrea hukumatni tark etishga qat’iy qaror qilgan. Shuning uchun u nomzodlar ro‘yxatida yo‘q.
Jamoatchilik so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, davlat rahbari lavozimi uchun asosan uch nomzod: Ekvadorning sobiq vitse-prezidenti Lenin Moreno, o‘ng markazchilar harakati vakili sobiq bankir Gilyermo Lasso va Sotsial-xristianlar partiyasidan Sintiya Viteri kurashadi.
Savlov uchastkalari mahalliy vaqt bo‘yicha 07:00 dan va 17:00 gacha ochiq bo‘ladi. Birinchi rasmiy natijalar 20:00 dan keyin ma’lum bo‘lishi kutilmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)