Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoy Shimoliy Koreya hududidan ko‘mir importini 19-fevraldan boshlab to‘liq to‘xtatadi. Cheklov BMTning KXDRga nisbatan sanksiyalarini bajarish maqsadida kiritilmoqda. Cheklov 2017-yil 31-dekabrgacha amalda bo‘ladi. Bu haqda Reuters nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

2016-yil aprel oyida Xitoy KXDRdan ko‘mir import qilishni to‘xtatish rejalari haqida xabar bergan edi. Xitoy ko‘mir “aholi yashashi uchun zarur” deb hisoblagan holatida istisnoga yo‘l qo‘yayotgan edi.

Cheklovga qaramasdan, Shimoliy Koreya Xitoyga eng ko‘p ko‘mir yetkazib beruvchi to‘rtinchi davlat bo‘lib qolaveradi. 2016-yilda KXDRdan ko‘mir importi 22,48 million tonnani tashkil qilib, 2015-yilga nisbatan 14,5 foizga o‘sgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tramp tarafdorlariga murojaat qilib, meni qo‘llab-quvvatlang, namoyishlar uyushtiring demoqda” — Navbahor Imomova
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi
Maslahatlar
Tezroq tashlab yuboring: yuz kremi ​​sizga mos kelmaganini anglatuvchi 5 ta belgi