Rossiyaning Novosibirsk shahri transport prokuraturasi mahalliy pensionerga yog‘ochdan o‘zi yasagan hamda 2016-yil yozi davomida foydalangan qo‘lbola samolyotda parvoz qilishni taqiqladi, deb xabar bermoqda TJournal. Sobiq harbiy uchuvchi, shuningdek, jarimaga tortildi.
Prokuraturaning ma’lum qilishicha, pensioner noqonuniy ravishda Novosibirsk viloyatidagi “Ovrajki” dala hovli shirkati ustida parvozlarni amalga oshirgan. Aybdor-konstruktor Verx-Tula qishlog‘i furaqosi Anatoliy Yashanin bo‘lib chiqdi. Ushbu fakt yuzasidan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.
“Havo kemasi, talablarga qaramay, registratsiya raqami, uchishga yaroqlilik sertifikatiga ega bo‘lmagan. Uning bortida esa kerakli hujjatlar va avariyaviy radiomayoq yo‘q edi. Uchuvchining o‘zi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan va uchuvchilik hujjatlariga ega bo‘lmagan”, – deyiladi prokuratura xabarida.
Noqonuniy uchuvchi ma’muriy javobgarlika tortildi va 2 000 rubl miqdorida jarimaga tortildi. Havaskor aviakonstruktor Anatoliy Yashanin haqida mahalliy OAV bir necha bor yozg‘an. 64 yoshli pensionerga samolyotda parvoz qilish avvaldan taqiqlangan. E’tiborlisi, u nafaqaga chiqqach, zerikkanidan bir emas, naqd uchta qo‘lbola samolyot yasagan.
Yashaninning aytishicha, u 10 yoshidan aviamodellikka qiziqa boshlagan. Shunday keyin u aviatsiya texnikumiga o‘qishga kirdi, 20 yoshida esa harbiy uchuvchi sifatida xizmat qildi. Pensionerga samolyot yasashga qarashadigan o‘g‘li ham aviatsiya ma’lumotiga ega.
Menda diplom bor, men harbiy uchuvchiman. Ammo mansabdorlarning fikricha, men qo‘shimchasiga fuqarolik aviatsiyasi uchuvchisi guvohnomasiga ham ega bo‘lishim kerak. Nima, u yerda aerodinamikaning qonunlari boshqachami? Yo‘q! Lekin o‘quv kurslari qimmat turadi.Aviakonstruktorning qo‘shimcha qilishicha, u AQSh fuqarolariga havas qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerikada aviamodel klublari juda mashhur, prokuratura esa havaskorlarni osmondan haydamaydi.O‘zim o‘rgata oladigan kurslar uchun men 400 ming rubl to‘lashim kerak. Qani adolat? O‘z diplomim bilan prokuraturadan qochib, berkinib yurishim kerakmi?
Anatoliy Yashanin, sobiq harbiy uchuvchi
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)