Yaponiyada kredit tashkilotlaridan birining xizmatchisi hamkasblariga qarata o‘t ochdi. Bu haqda 15-fevral, chorshanba kuni Ibaraki provinsiyasi politsiyasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa Kamisu shahrida kompaniya ofisida yuz berdi. Otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi yaralandi. Bosqinchi avtomobilda yashiringan, qurolni ham o‘zi bilan olib ketgan.
Hozirda politsiya uni qidirmoqda.
Yaponiya qonunlariga ko‘ra, mamlakatda o‘qotar qurol xarid qilish uchun ruxsat olish taqiqlangan, uni saqlash esa jinoyat hisoblanadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)