AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika Kanada kabi davlat bilan qo‘shni ekanligi uning omadi ekanligini ma’lum qildi. Associated Press’ning xabar berishicha, bu haqda u Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan uchrashuv yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilgan, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Trampning so‘zlariga qaraganda, AQSh va Kanada nafaqat chegarani, balki mudofaa sohasidagi umumiy qadriyat va manfaatlarni ham bo‘lishadi. Bundan tashqari, Amerika prezidenti Kanadaning IShID guruhiga qarshi kurashdagi hissasini ham yuqori baholadi.
Tramp ikki mamlakat birgalikda ish olib borganda kuchliroq bo‘lishini ta’kidladi. U Tryudoni umumiy manfaatlarga erishish uchun birgalikda ishlashga tayyor ekanligiga ishontirdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)