O‘zbekistonda 10-fevraldan beri ijodiy safarda bo‘lib turgan Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi Namangan viloyati Norin tumanida mehmon bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati

Foto: Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Qirg‘izistonlik teatr san’ati vakillari dastlab Namangan shahrida faoliyat olib borayotgan “Istiqlol” dizayn markazining asosiy binosiga tashrif buyurdi va bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Foto: O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati

Foto: Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Shundan so‘ng mehmonlar “Navbahor” markaziy o‘yingohida bo‘lib, bu yerda sportchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida ma’lumot oldi.

Eslatib o‘tamiz,  “Aykol Manas” spektakli joriy yilning 13—14-fevral kunlari Namangan viloyati musiqali drama teatrida hamda 15—17-fevral kunlari Farg‘ona viloyati teatr-konsert saroyida namoyish etiladi.

Gastrol safari davomida teatrlarda qirg‘iz hamda o‘zbek san’ati namoyandalari ishtirokidagi ijodiy uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etilmoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.