2017—2021-yillarda Samarqand viloyatidagi 281 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. Bu haqda Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A.Umarov O‘zAga ma’lum qildi.
Viloyatda 7 ta maktabgacha ta’lim muassasasi yangidan qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 251 bog‘chada rekonstruksiya, 23 tasida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Muassasalar zamonaviy talablarga javob beradigan mebel va boshqa jihoz, uskuna, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia vositalari bilan ta’minlanadi.
2017-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturida viloyat bo‘yicha 28 ta maktabgacha ta’lim muassasasini kapital rekonstruksiya qilish, 4 tasini kapital ta’mirlash belgilangan.
Ayni paytda mazkur obyektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari boshlangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)