Xitoyning Yunnan provinsiyasida och qolgan fillar yegulik izlab qishloqlardan biriga keldi. Jonivorlarning Puer okrugidagi aholi yashash punktiga bostirib kelgani aks etgan videoni CCTV+ telekanali e’lon qildi.
Fillarni ko‘rgan mahalliy aholi uy eshiklarini yopib, tomlarga chiqib olgan. Ma’lum bo‘lishicha, jonzotlar tuni bilan hudud bo‘ylab sayr qilgan.
Mazkur hodisa yanvar oyi oxirida sodir bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Shosseda kezib yurgan fillardan biri 20 daqiqaga yo‘l harakatini to‘xtatib qo‘ygan.
“RIA Novosti” agentligining “Sinxua”ga asoslanib ma’lum qilishicha, och qolgan fillar soni 14 ta bo‘lgan. Ularni 26-yanvar kuni aholi yashash punktlaridan birida ko‘rishgan.
Xususan, Menxay uyezdidagi Mandat qishlog‘ida yirik jonzotlar bir nechta tovuq va g‘ozlarni bosib o‘ldirgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)