O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan Chexiya parlamenti Deputatlar palatasi raisi Yan Gamachek boshchiligidagi delegatsiya 8-fevral kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mehmonlar dastlab Hazrati Xizr majmuasida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.
Delegatsiya a’zolari Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasida bo‘ldi.
Registon majmuasi va bu yerda namoyish etilgan milliy hunarmandlik mahsulotlari ko‘rgazmasi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
“Mehmonlar bunday noyob me’moriy obidalarni bunyod etgan buyuk ajdodlar aql-u zakovati va uni bezavol asrab kelayotgan bugungi avlodning O‘zbekiston tarixiga bo‘lgan munosabatiga yuksak baho berdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Chexiyalik mehmonlar O‘zbekiston—Chexiya qo‘shma korxonasi — Pulsar Group Brewery faoliyati bilan ham tanishgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)