O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tadbirda O‘zbekiston mudofaa vaziri o‘rinbosari Muzaffar Soliyev, Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Jan-Jerom Kasabyanka va boshqalar ishtirok etgan.
O‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini tayyorlash va o‘qitish dasturlari uchun zarur taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Shu maqsadda anjumanlar, davra suhbatlari, turli o‘quv seminari va treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan o‘quv materiallari, hujjat va adabiyotlar taqdim etiladi.
Tadbirda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi o‘rtasida harbiy shifokorlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama etildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)