Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Qo‘rg‘on dala” agrofirmasida Italiyadan keltirilgan naslli oq velikan zotli quyonlar parvarishlanmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
2016-yil may oyida tashkil etilgan xo‘jalikka dastlab 104 zotdor quyon keltirilgan edi. Qisqa vaqtda ular soni 2000 taga yetdi.Agrofirma rahbari Alisher Qobilov har bir quyon kamida 15 kilogrammgacha tosh bosishini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, quyonlar 28 kunda 15 tagacha bolalaydi.
Maxsus ozuqa bilan parvarishlanayotgan quyonlarni mahalliylashtirish ishlari ham olib borilmoqda. Tadbirkor O‘zbekistonda quyonchilikni rivojlantirishga qiziqqan aholiga naslli quyonlar yetishtirib bermoqda.
“Bankning 250 million so‘m imtiyozli kredit hisobidan ish boshlagan tadbirkor endilikda quyonlar sonini 50 mingtaga yetkazib, xorijdan quyon go‘shtini qadoqlash texnologiyasi keltirishni va terisini eksport qilishni rejalashtirmoqda”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)